23:31 / 23.11.2017
14 273

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 6-sonli bo‘linmani “ochib berdi”

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 6-sonli bo‘linmani “ochib berdi”
Joriy yilning 22 noyabr kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining qasamyod qilish, ularga xizmat uylari kalitlarini va shaxsiy avtomashinalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.


Tadbirda viloyat hududida xizmat olib borayotgan 615 nafar profilaktika inspektorlarining 160 tasi tantanali qasamyod qilib, ularga xizmat uylarining kalitlari va shaxsiy avtomashinalari topshirildi.

Shuningdek, Olmaliq shahar ichki ishlar bo‘limi 6-sonli ichki ishlar bo‘linmasining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bo‘linmaning tantanali ochilish masrosimida Toshkent viloyati hokimi Ibragimov G‘ulomjon Inomovich, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor Bobojonov Po‘lat Razzaqovich, O‘zbekiston Respublikasi Senati raisining o‘rinbosari Ortiqova Svetlana Boymirzayevna so‘z olib, huquqbuzarliklar profilaktikasida yangi ish uslublaridan foydalanish hamda aholi va jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish kerakligi borasida so‘zladilar.

Ta’kilab o‘tish kerakki, ichki ishlar tizimida jinoyatchilik sodir etilishi mumkin bo‘lgan hududlarda mahalla posboni, “Yoshlar Ittifoqi”, uy boshi, ko‘cha boshilari, korxona va tashkilot vakillaridan iborat ko‘ngilli guruhlarning patrullik yo‘nalishlari tashkil etilmoqda.

Albatta, mahallalarda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlarining kecha-kunduz osudalikni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi xizmatlari har qancha e’tirofga arziydi. Prezident tomonidan ularning faoliyati uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 6-sonli bo‘linmani “ochib berdi”