20:31 / 24.11.2017
8 621

Uchtepa tumanida uch yigit qiz bolani pichoqlab o‘ldirib, keyin yoqib yubordi…

Uchtepa tumanida uch yigit qiz bolani pichoqlab o‘ldirib, keyin yoqib yubordi…
Shahar o‘t o‘chirish xizmatiga bir erkak qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shni kvartirada yong‘in sodir bo‘lganini ma’lum qildi. O‘t o‘chiruvchilar ko‘rsatilgan manzilga o‘z vaqtida yetib kelib, yong‘inni bartaraf etishdi. Ammo shu zahoti dahshatli manzaraga ro‘baro‘ bo‘lishdi. Yong‘in sodir bo‘lgan kvartira ichkarisida kuyib kul bo‘lgan odamning jasadi yotardi.

Ma’lum bo‘lishicha, marhuma qiz shu kvartirada yashagan. Uyda kattalar yo‘qligidan xabar topgan uch yigit kvartiraga bostirib kirgan. Bosqinchilarning biri qo‘shni kvartirada yashardi. Ular qizdan uydagi pullar va qimmatbaho buyumlarni yaxshilikchasiga topib berishni talab qilgan. Qiz bosh tortgan. Shunda kutilmagan mehmonlar qo‘llariga pichoq olib qizni pichoqlay ketgan…

Sud tibbiy ekspertizasi xulosalariga ko‘ra, bosqinchilar qizga jami 51 ta og‘ir tig‘ jarohatlari yetkazgan. Shundan keyin ular kvartira ichkarisini titkilab 2 million so‘m pul topishdi. Shunga qo‘shib maishiy texnika vositalarini ham olib ketishdi. Jinoyatini yashirish niyatida kvartirani yoqib yuborishdi. 18 yoshni qarshilagan qiz esa ko‘p qon yo‘qotish tufayli mustaqil tarzda tashqariga chiqa olmagan. Chiqa olmasdi ham. Chunki kvartirani bosqinchilar tashqaridan qulflab ketishgandi. Xullas, qiz yong‘in iskanjasida qolib ketdi.

Tez fursatda jinoyatchilar qo‘lga olindi. Sud ularning har birini 8-10 yildan muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida adolatli hukm e’lon qildi.

Manba: Nuz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchtepa tumanida uch yigit qiz bolani pichoqlab o‘ldirib, keyin yoqib yubordi…