Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-24 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Janubiy Koreya Respublikasida bo‘ldi.
Mamlakatga turmush o‘rtog‘i Ziroatxon Hoshimova bilan tashrif buyurgan Prezident Shavkat Mirziyoyev sharafiga 23 noyabr kuni Janubiy Koreya Respublikasi Prezidenti saroyida tantanali kutib olish marosim tashkil etilgan edi. Unda Janubiy Koreyaning ko‘zga ko‘ringan davlat va jamoat arboblari qatorida O‘zbekistonda ham mashhur bo‘lgan “Saroy javohiri” seriali bosh qahramoni, Tangem obrazi ijrosi Li Yon E ham ishtirok etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Tangem (Li Yon E)ning salomlashayotgani tasvirlangan suratlar tarqalmoqda.
Ushbu serial 2005 yilda O‘zbekistonda katta shuhrat qozongan edi. Serial avval rus tilida Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “TVM” telekanalida, keyin esa o‘zbek tilida “O‘zbekiston” telekanalida namoyish etilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi