11:02 / 27.11.2017
6 186

Qalbaki pasporti bo‘lgan qidiruvdagi jinoyatchi qo‘lga olindi

Qalbaki pasporti bo‘lgan qidiruvdagi jinoyatchi qo‘lga olindi
2017 yilning 25 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-antiterror” tadbiri jarayonida, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Sayohat” mehmonxonasi yonida, 1973 yilda tug‘ilgan, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi, Qirg‘iziston Respublikasida jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan Abdurahmonov Soibjon Mahmudjonovich qo‘l olindi.

S.M.Abdurahmonovdan o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan va bir dona o‘zining surati tushirilgan, lekin boshqa shaxsning anketa ma’lumotlari ko‘rsatilgan Rossiya Federatsiyasining fuqarolik pasporti rasmiylashtirib olingan.

Ushbu fuqaro bilan olib borilgan surishtiruv jarayonida, o‘zining fotosurati tushirilgan, lekin boshqa shaxsning anketa ma’lumotlari kiritilgan Rossiya Federatsiyasining fuqarolik pasportini Rossiya Federatsiyasining Omsk shahrida qalbakilashtirganligi, ushbu pasportdan MDX davlatlarida foydalanganligi aniqlangan.

Toshkent shahar IIBB xabarida aytilishicha, 2017 yilning 25 noyabr kuni S.M.Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi IIV JIEBBga qarashli 1-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirilib, hozirda uni Qirg‘iziston Respublikasiga etap qilish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qalbaki pasporti bo‘lgan qidiruvdagi jinoyatchi qo‘lga olindi