6 326
«Umidimizni uzgandik. Prezidentimizga rahmat!». Ahmadboyning shogirdidan mashinasini qaytarib olganlar fikri (video)
«O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturi 27 noyabr kuni chinozlik Ahmadboyning shogirdlaridan biri — 2016 yil iyun oyida qo‘lga olingan yangiyo‘llik Nuriddin Abulg‘oziyevning sudi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berdi. Xabar berishlaricha, sud jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tuman sudida bo‘lib o‘tgan. Biroq mahkama aynan qachon bo‘lgani, aybdorlarga aynan qanday jazo qo‘llanilgani haqida aniq ma’lumot berilgani yo‘q.
«Axborot 24» lavhasida Nuriddin Abulg‘oziyev va uning sheriklari tomonidan hali o‘zlashtirishga ulgurilmagan 700 million so‘m miqdoridagi pul va 125 ta avtomobil o‘zining qonuniy egalariga qaytarilishi haqida sud tomonidan qaror chiqarilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, lavhada Nuriddin Abulg‘oziyevga mashinasini berib, endi sud qarori asosida uni qaytarib olayotgan ikki fuqaroning intervyusi keltirilgan.
Har ikkala fuqaro ham mashinani Nuriddin Abulg‘oziyevga topshirganidan so‘ng aldanganini bilib qolganini, Nuriddin Abulg‘oziyev va’dasini bajarmaganini, mashinasidan umidini uzib bo‘lganini, biroq endi adolat qaror topib, hech qanday shikast ko‘rmagan mulkini qaytarib ketayotganini ta’kidlagan. Ularning har ikkisi buning uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorchilik bildirgan.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?