Paxta reviziyasi: Prezident "oq oltin"ni kimga ishonib topshirdi?

  • Jamiyat
  • 30-11-2017, 15:39
  • 1 515
  • Пахта ревизияси: Президент "оқ олтин"ни кимга ишониб топширди?
    Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi, deb xabar qildi Sputnik nashri.

    Qarorga muvofiq "O‘zpaxtasanoat" va "O‘zpaxtaeksport" aksiyadorlik jamiyatlarini birlashtirish, shuningdek, "O‘zpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasini tugatish asosida paxtachilik tarmog‘i uchun mas’ul bo‘lgan yagona tashkilot — "O‘zpaxtasanoat" aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.
    Yog‘-moy tarmog‘ini rivojlantirishning maqbul yo‘llarini belgilab olish maqsadida "O‘zpaxtayog‘" aksiyadorlik jamiyati ushbu tizimdan ajratib chiqarildi.

    Yangi tashkil qilingan "O‘zpaxtasanoat" AJga qayta tashkil etilgan kompaniyalarning mol-mulklari, ularning davlat ulushlari, huquq va majburiyatlari bilan birga o‘tkazildi. "O‘zpaxtasanoat" AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarning miqdori va shtatlar soni optimallashtirildi, shu bilan birga mavjud resurslardan yanada oqilona foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar tayyorlanadi.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat" paxta tolasini sertifikatlash markazining "O‘zstandart" agentligi tuzilmasiga o‘tkazilganligi boshqa muhim o‘zgarishlardan bo‘ldi.


    Hozirgi kunga qadar 1,2 ming nafardan ortiq xodimi bo‘lgan "Sifat" markazi va 1,5 ming nafar xodimga ega "O‘zstandart" agentligi o‘zaro o‘xshash faoliyatni tashkiliy bo‘ysunuvsiz, mustaqil ravishda amalga oshirib kelgan. Standartlashtirish sohasida takroriylikning bartaraf etilishi paxta tolasi, paxta linti va texnik chigit kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish normativlari va talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlaydi.

    Paxtachilik tarmog‘ida moliya intizomini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasiga paxta tozalash korxonalarida hisobga olish va hisobotning haqqoniyligi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.