22:13 / 30.11.2017
8 286

Fohishalikni kasbga aylantirib olganlar (Video)

Fohishalikni kasbga aylantirib olganlar (Video)
Xabaringiz bor, joriy yilning 20 noyabr kunidan 25 dekabr kuniga qadar Toshkent shahar IIBB tomonidan keng qamrovli “Tozalash-Antiterror” kompleks umumprofilaktik va tezkor tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, o‘tgan vaqt davomida yengil tabiatli ayol va fohishalarni aniqlashga qaratilgan “Oriyat” tadbiri ham amalga oshirildi.

Ushbu tadbir natijasida, 11 ta fohishaxona saqlash jinoyati aniqlanib, O‘z.R JKning 131-moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 81 nafari esa axloq-odob doirasidagi huquqbuzarlar esa profilaktik hisobga olindi.

Shuningdek, 89 nafar fohishalar O‘z.R MJtKning 190-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi, shundan, 25 nafar Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda bo‘lgan fohishalar yashash mahallalarida muhokama etildi.

Qolgan 64 nafar boshqa viloyatlarda doimiy ro‘yxatda bo‘lgan fohishalar yashash joylarida muhokama etish uchun taqdimnomalar yuborildi.

Tadbir davomida aniqlangan 31 nafar yengil tabiatli ayollar Toshkent shahar IIBB Reabilitatsiya Markaziga topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fohishalikni kasbga aylantirib olganlar (Video)