10:27 / 01.12.2017
6 874

«Tinchlik» machiti imom-xatibi Shermurod Tog‘ay O‘zbekistonda o‘lim jazosi qayta tiklanishini taklif qildi

«Tinchlik» machiti imom-xatibi Shermurod Tog‘ay O‘zbekistonda o‘lim jazosi qayta tiklanishini taklif qildi
Imomning aytishicha, o‘lim jazosi 2008 yili marhum prezident Islom Karimov farmoniga ko‘ra bekor qilingandi. Ayni kunda bu jazoni qayta tiklash ehtiyoji paydo bo‘ldi. Bu oliy jazo asosan O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan «Hizb-ut-Tahrir», «IShID» jangarilar guruhi g‘oyalarini targ‘ib qilgan, shu guruh tarkibida jinoyatlar sodir etganlarga nisbatan qo‘llansa yomon bo‘lmasdi. Negaki, unday kallakesarlarga o‘lim jazosi berilsa arziydi.

Imom ushbu takliflarini «Facebook» internet tizimidagi sahifasida yozib qoldirgan.
— Undaylarni, dinimiz va xalqimiz dushmanlarini ayab o‘tirish kerak emas, — deb yozadi imom. — Ular mustaqil respublikamiz har taraflama taraqqiy etishiga ham to‘siq vazifasini o‘taydi. Kallakesarlar tekin turma, tekin ovqat va xuddi shunday sharoitlarga o‘rganib qolgan. Turmaga xuddi o‘z uyiga borgandek quvonib, ustimizdan kulib boradi. Ulardan jamiyat uchun umuman foyda yo‘q. Xo‘sh, shunday ekan, nima uchun biz kallakesarlar, ekstremistlarni boqishimiz kerak?..

Biz mustaqillikka erishganimidan keyingi dastlabki yillarda terrorchilarning asl basharasini ko‘rdik. Qanchalab yurtdoshlarimizni, begunoh fuqarolarimizni o‘shalar o‘ldirdi. Bugun esa, ana, Misrni oling. Ollohning uyi hisoblanmish machitni portlatishdi, yuzlab odamlarning yostig‘ini quritishdi. Xulosa qilib aytganda, men o‘zbek xalqi doimo tinchlik, xotirjamlik, to‘kinlikda yashashini xohlayman. Shu sababli xayolimdan kechgan fikrlarni qog‘ozga tushirdim xolos. Taklifga respublikamiz rahbarlari o‘z munosabatlarini bildirishsa ajab emas.

Manba: podrobno. uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Tinchlik» machiti imom-xatibi Shermurod Tog‘ay O‘zbekistonda o‘lim jazosi qayta tiklanishini taklif qildi