12:10 / 01.12.2017
12 595

2018 yil O‘zbekistonda 365 ta ko‘p qavatli uy quriladi

2018 yil O‘zbekistonda 365 ta ko‘p qavatli uy quriladi
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi rahbarlari 2017 yil 30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga hisobot bergani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda aholiga arzon va qulay uy-joylar barpo etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Bu borada qishloq massivlarida yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturiga asosan 2017 yil 15 ming shunday uy-joy qurilmoqda. Bu maqsadlar uchun 2 trillion 35 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Davlat rahbarining hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlarga muvofiq, qishloq aholisining talab-istaklari va uy-joyga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda, joriy yilda qo‘shimcha ravishda 4 ming 610 namunaviy uy qurilmoqda. Buning uchun 574 milliard so‘m ajratilgan.

Bugungi kunga qadar 10 ming 431 arzon uy-joy foydalanishga topshirildi. Qolgan 9 ming 179 uy qurilishi dekabr oyida yakunlanadi.

Ushbu uy-joylar bo‘yicha muhtoj oilalarga 1 trillion 620 milliard so‘mdan ortiq ipoteka kreditlari 15 yil muddatga ajratilmoqda.

Dasturni amalga oshirish natijasida 2017 yil 19 mingdan ortiq qishloq oilasi shahardagidan qolishmaydigan shinam va zamonaviy uy-joyga ega bo‘ladi. 2018 yil ham qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida qariyb 20 ming arzon uy barpo etiladi.

O‘zAning xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, 2018-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturining yangilangan parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, kelgusi yillarda quriladigan uylar soni 1,5-2 barobar ko‘paytirilgan. Xususan, 2018 yil jami 15 ming 172 xonadonga ega bo‘lgan 365 ta ko‘p qavatli uy qurish ko‘zda tutilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2018 yil O‘zbekistonda 365 ta ko‘p qavatli uy quriladi