21:30 / 06.12.2017
8 890

Prezident sudlanganlarni afv etish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi

Prezident sudlanganlarni afv etish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 ming 700 nafar sudlanganlarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tarixda ilk bor O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2 ming 700 nafar sudlanganlarni afv etish, jumladan, turli holatlarda jinoyat sodir etgan, qilgan ishidan qattiq pushaymon bo‘lgan va to‘g‘ri yo‘lga kirgan, turar-joyi hamda jazoni o‘tash muassasalarida ijobiy tavsif olgan 956 shaxsni jazoni o‘tash koloniyalaridan ozod qilish to‘g‘risida farmon imzolandi.

Afv etish to‘g‘risidagi hujjatga muvofiq sudlanganlar tez orada oilasi bag‘riga va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanishi uchun jamiyatga qaytish imkoniga ega bo‘ladi. ​​

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident sudlanganlarni afv etish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi