09:30 / 13.12.2017
7 014

Toshkentda “professional” o‘g‘ri qo‘lga olindi

Toshkentda “professional” o‘g‘ri qo‘lga olindi
2017 yilning 17 noyabr kuni taxminan soat 14:00 da noma’lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yashnobod tumani hududida fuqaro Durbek Mahmudovich Jamilovning xonadoni eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochgan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 1mln 650 ming so‘m miqdoridagi pullarini o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan, Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya’ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan edi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida, mazkur jinoyatni Mirzakarimov Mansur Mirsaidovich sodir etganligi aniqlangan.

Toshkent shahar IIBB Matbuot guruhi xabariga ko‘ra, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda “professional” o‘g‘ri qo‘lga olindi