O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Lola Karimova-Tillyayeva yana bir sovrinli so‘rovnomani tashkil etdi. G‘olibga esa bu safar Beats quloqchinlari va’da qilindi.
“Mana, Yangi yil kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Shunday bayram arafasida men yurtimiz tarixi, madaniyati, san’ati va urf-odatlariga oid o‘zimning intellektual viktorinamni davom ettiraman. Navbatdagi viktorinamizda Beats quloqchinlari o‘ynaladi. Savollarga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi ushbu zamonaviy aksessuar egasiga aylanadi.
Biz bugun birinchi o‘zbek ayol rassomi Shamsiro‘y Hasanova to‘g‘risida so‘z olib boramiz. Qisqa umr ko‘rganiga qaramay, Shamsiro‘y Hasanova XX asr o‘zbek rassomlik san’atida o‘zining yorqin izini qoldirdi. U o‘z san’at asarlarida Sharq san’ati tarixida katta ahamiyat kasb etgan buyuk ayollar siymosini tasvirlagan”, deb yozadi Lola Karimova-Tillyayeva.
Karimovaning navbatdagi savollariga ham birin-ketin javob beruvchilar topilmoqda. Savollar esa quyidagicha:
1-savol: Shamsiro‘y Hasanovaning Sharq shoiralariga bag‘ishlab ishlagan asarlari nomlarini sanab o‘ting.
2-savol: Shamsiro‘y Hasanova 1930-yillarning o‘rtalarida qayerda va kimning qo‘lida ta’lim olgan?
3-savol: Shamsiro‘y Hasanovaning umr yo‘ldoshi kim bo‘lgan?
Ushbu savollarning javobini bilsangiz, Lola Karimova-Tillyayevaning Instagram’dagi sahifasiga joylashtirilgan so‘nggi surat ostiga yozib qoldirishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!