19:06 / 15.12.2017
6 635

Rossiyadan qancha pul kirib kelishini bilasizmi?

Rossiyadan qancha pul kirib kelishini bilasizmi?
Xorijdan Tojikistonga jo‘natma qilinadigan pullar hajmi 2017 yilning uchinchi choragi yakuniga ko‘ra 1 milliard 663 million AQSh dollarini tashkil qilgan. Shundan, Tojikistonga joriy yilning uchinchi choragida eng ko‘p miqdorda xorijdan pul jo‘natmalari kelgan va 741 million AQSh dollarini tashkil etgan.

Bu pulning 171 million dollari Rossiya fuqarolari, 570 million AQSh dolari Tojikiston fuqarolari tomonidan jo‘natilgan. Har bir pul jo‘natmasining o‘rtacha miqdori 102 AQSh dollarini tashkil qilgan. Ayni vaqtda Tojikistondan Rossiyaga jo‘natma qilingan pullar miqdori 107 million AQSh dollarini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2016 yilda 113 million AQSh dollaridan iborat bo‘lgan.

Rossiyadan Tojikistonga jo‘natilgan pul mablag‘larining 71,6% Rossiya rublida, 28,2 % AQSh dollarida, 0,2 % yevrolarda jo‘natma qilingan. Rossiyadan MDH davlatlariga qilinayotgan pul jo‘natmalarining hajmi ham oshgan. 2017 yilning uch choragi mobaynida jami 8,7 milliard AQSh dollari miqdoridagi pul jo‘natmalari jo‘natilgan.

Bu ko‘rsatkich 2016 yilning xuddi shu vaqtida 7,4 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Rossiyadan O‘zbekistonga 2017 yilning uchinchi choragi natijalariga ko‘ra 2 milliard 663 million, Qirg‘izistonga 1 milliard 576 million AQSh dollari hajmidagi pul mablag‘lari jo‘natma qilingan.

“News.tj” nashri internet nashri xabariga ko‘ra, 2016 yil yakunida Tojikistonga Rossiyadan jo‘natilgan pullarning hajmi 1 milliard 929 million AQSh dollarini tashkil qilgan. Bu 2015 yildagi ko‘rsatkichdan 651 million AQSh dollariga ko‘pdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyadan qancha pul kirib kelishini bilasizmi?