21:26 / 15.12.2017
9 261

O‘g‘il boqib hassaga suyangan ota...

O‘g‘il boqib hassaga suyangan ota...
Bu bola otasining yolg‘iz farzandi edi. Ota uni yolg‘iz o‘zi katta qildi. O‘qitdi, uylantirdi. Ayoli vafot etgach, ikkinchi bor uylanmadi ham. O‘g‘li shahardan uylandi. Xotini qishloqqa yashashga ko‘nmagach, shaharga ijarada yashay boshladi. Ota o‘g‘lining 30 yoshida sovg‘a qilib topgan yiqqanini sotib, ishxonasi yonidan ikki xonali kvartira olib berdi. Bayram kuni zinadan tushgancha otaning oyog‘i sindi. O‘g‘il otasining oyog‘ini gips qilib uyga olib keldi. Xotini ikki kun o‘tib injiqlik qilaverdi, otani qishloqqa o‘z hovlisiga olib borib tashladi. O‘ttiz yil boqqan farzandining uyiga uch kun sig‘madi.

O‘g‘il otasi uch-to‘rt yil avval ekkan daraxtlardan birini shoxidan kesib, otasiga hassa yasab berdi. Otasini amakisining keliniga tayinlab, o‘zi shaharga jo‘nab ketdi. Hozir ota ancha tuzalib qolgan. Faqat u endi o‘ttiz yil boqqan o‘g‘liga emas, hassaga suyanib yashayapti...

Manba: Erk.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘g‘il boqib hassaga suyangan ota...