21:45 / 15.12.2017
16 222

“Birinchi xonim”likning bir yili

“Birinchi xonim”likning bir yili
“O‘zbekistonning birinchi xonimi” – Ziroatxon Hoshimovani ko‘pgina nashrlar shunday atashmoqda.

“Birinchi xonim” atamasi aslida ilk bor AQSh prezidentlarining rafiqalariga nisbatan ishlatilgan. Keyinchalik esa bu boshqa davlatlarda ham ommalashgan va hozirga kelib prezidentlarning rafiqasiga aynan shunday maqom beriladi. Ziroatxon Hoshimova birinchi xonim sifatida Prezidentga ko‘pgina rasmiy tashriflarda hamrohlik qildi.

Nashrlar esa uning rasmiy uchrashuvlardagi ko‘rkam va shu bilan birga sipo ko‘rinishini kuzatib, sharhlab bormoqda. O‘zbekistonning birinchi xonimi haqida odamlar faqatgina iliq fikr-munosabatlar bildirmoqda.

Ziroatxon Hoshimovaning tabiiy go‘zalligi va har bir uchrashuv uchun tanlagan liboslari iliq qarshilanmoqda. Bir so‘z bilan aytganda birinchi xonimning tashqi ko‘rinishi va yuksak didi nozik jins vakillarining diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.

Quyida Ziroat Hoshimovaning bir qancha rasmiy uchrashuvlardagi suratlaridan taqdim etamiz.






arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Birinchi xonim”likning bir yili