05:41 / 16.12.2017
8 437

Shavkat Mirziyoyev Germaniyada 11 yil ishlab Qoraqalpog‘istonga qaytgan doktorga Kaptiva sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev Germaniyada 11 yil ishlab Qoraqalpog‘istonga qaytgan doktorga Kaptiva sovg‘a qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xo‘jayli tumanidagi barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida bo‘lgani haqida ma’lumot berib o‘tilgan edi.

Prezident markazda “Panaev Farms” fermer xo‘jaligi rahbari Qutlimurat Panayev bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida Q.Panayev Germaniyada 11 yil davomida chorvachilik bo‘yicha ishlagan doktor Alisher Qurbanovni Qoraqalpog‘istonga qaytarib, unga barcha imkoniyatlarni yaratib bergani va u bugungi kunda fermada menedjer lavozimida ishlayotganini aytdi.

A.Qurbanov yaqinda yosh fermerlar uchun o‘quv-seminarini o‘tkazishni rejalashtiryapti, deb yozadi “Kruz.uz” sayti.

Shavkat Mirziyoyev Alisher Qurbanovga yurtimizga qaytib ishlayotgani uchun Kaptiva avtomashinasini sovg‘a qildi. Bu haqda yaqin orada batafsil ma’lumot beramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Germaniyada 11 yil ishlab Qoraqalpog‘istonga qaytgan doktorga Kaptiva sovg‘a qildi