27 dekabr kuni «Qamchiq» dovonida kuchli shamol esishi, qor yog‘ishi va yo‘llarning muzlashi natijasida avtotransport vositalarning harakati cheklangan bo‘lib, yo‘lni harakat qismini qordan tozalash maqsadida transport vositalari oz-ozdan o‘tkazildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «Qamchiq» dovonidagi tegishli xizmatlar tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida avtomobil yo‘li qordan tozalanib, soat 17.20da avtotransport vositalarining harakati tiklanib, ikki tomonlama amalga oshirilmoqda. Harakatning vaqtinchalik cheklov davomida, haydovchi va yo‘lovchilar uchun kutish va isinish maskanlari tashkil etilib, jumladan, 70 nafardan ortiq kishilar doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi postlarga joylashtirilgan.
«1800 nafarga yaqin kishi 45ta umumiy ovqatlanish maskanlariga joylashtirilib, issiq choy va ovqat bilan ta’minlandi, ulardan 29 nafar bola onalari bilan «Ona va bola» xonalariga joylashtirildi. 25 nafardan ortiq haydovchi va yo‘lovchilarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatildi, 44ta avtotransport vositalari qor uyumidan chiqarib olindi, ulardan 6 ta avtotransport vositalari evakuator yordamida texnik ta’mirlash maskanlariga yetkazildi. Harakatdagi statsionar yoqilg‘i quyish shoxobchasi tashkil etildi», deyiladi xabar matnida.
Shuningdek, yo‘lning muzlashi va ko‘rinishning yomonlashishi saqlanib qolinishini inobatga olgan holda, haydovchi va yo‘lovchilardan xavfsizlik qoidalariga rioya etishi so‘raladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!