14:41 / 31.12.2017
6 362

Shavkat Mirziyoyev "Yil odami" sifatida e’tirof etildi

Шавкат Мирзиёев "Йил одами" сифатида эътироф этилди
«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining yakunlanayotgan yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazgan so‘rovi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yil odami sifatida e’tirof etilgan.

So‘rovda mamlakatimizning barcha viloyat va hududlarida istiqomat qilayotgan turli ijtimoiy toifalar, etnik guruhlar, konfessiya va kasblarga mansub 18 dan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi, deb yozadi O‘zA.
Fuqarolarning mutlaq aksariyati (90,5 foizi) uchun 2017 yil farovonlik yili, o‘zi va oilasi hayotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bergan yil sifatida esda qoladi. Yangi yilni O‘zbekiston aholisi yaxshi, ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olmoqda. Fuqarolarning 83 foizi o‘zlarini baxtli his qilmoqda, deyiladi so‘rov natijalarida.

Respondentlarning 80 foizidan ortig‘i kirib kelayotgan 2018 yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili yanada muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev "Yil odami" sifatida e’tirof etildi