15:03 / 31.12.2017
6 050

Lola Karimova o‘zbekistonliklarni Yangi yil bilan tabrikladi

Lola Karimova o‘zbekistonliklarni Yangi yil bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali Yangi yil bilan tabrikladi.

“Men ushbu yilni yuragimda muhabbat va barcha kunlar uchun shukronalik hissi ila yakunlayapman. Kirib kelayotgan 2018 yilda siz va oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, tinchlik, mehr-muhabbat hamda ishlaringizda ravnaqlar tilab qolaman.

Istardimki, har bir xonadonda qut-baraka va har bir inson qalbida tinchlik, xotirjamlik, hukm sursin. Odamlar hayotga tinch va ishonch nazari bilan qarasinlar. Uy, ishxona va ko‘chalarda bir-birimizga ko‘proq hayrixoh bo‘laylik.

Rivojlanish, ishlash, yaratish g‘oyalariga to‘la bo‘lgan insonlar, ushbu orzu va rejalarini amalga oshirish uchun imkoniyatlarga ega bo‘lsinlar. Yer yuzidagi barcha bolajonlar to‘q, sog‘lom va baxtli bo‘lib yursinlar. Bugungi kunday quyoshli kunlar ko‘p bo‘laversin hamda barcha insonlar yaxshilik va ezgulikka ishonsinlar”, deb yozadi Lola Karimova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lola Karimova o‘zbekistonliklarni Yangi yil bilan tabrikladi