19:30 / 03.01.2018
7 965

Toshkent-Chimkent-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 5 yanvar kuni avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent-Chimkent-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 5 yanvar kuni avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston va Qozog‘iston 5 yanvar kuni Toshkent-Chimkent-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi.

Shu kuni ilk reys amalga oshiriladi. Kelgusida har kuni ertalab soat 6dan 20gacha bir soat oraliqda muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Avtobuslar “Toshkent” (O‘zbekiston) va “Chimkent” (Qozog‘iston) avtovokzallaridan qatnaydi.

"Ushbu marshrutning umumiy masofasi 145,2 km bo‘lib, manzilga uch soatda yetib boriladi. Avtobus va yo‘lovchilar “G‘ishtko‘prik” (O‘zbekiston) va "Jibek Joli" (Qozog‘iston)" nazorat-o‘tkazuv punktlari orqali o‘tadi”, — deb ma’lum qildi O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligidagi manba.

Avtobus va yo‘lovchilar hamda ularning yuklari bojxona va chegara punktidan navbatsiz, piyoda o‘tuvchilar oqimidan alohida tartibda birinchi navbatda o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent-Chimkent-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 5 yanvar kuni avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi