2018 yilning birinchi yarmida Respublikamizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan 3 bosqichdagi Qur’on musobaqasi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish 4 yanvar kunidan boshlandi. Ro‘yxatga olish jarayoni 13 yanvarga qadar davom etadi.
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmati Toshkent viloyatida "Qur’on musobaqasi - 2017" ko‘rik tanlovi (tuman va shahar) bosqichining ro‘yxatga olish jadvalini taqdim etgan.
1-hudud
1. Angren shahri
2. Bekobod tumani
3. Bekobod shahri
4. Bo‘ka tumani
5. Pskent tumani
6. Olmaliq shahri
7. Ohangaron tumani
Bu hududlar uchun ko‘rik tanlov 10 fevral kuni Bo‘ka tumanidagi "O‘rtaqo‘rg‘on" jome masjidida o‘tkaziladi (erkaklar uchun soat 09:00dan, xotin-qizlar uchun soat 14:00dan). Manzil: Yangi hayot ko‘chasi, 5-uy. Mo‘ljal: Bo‘ka shahri shohbekati.
2-hudud
1. Bo‘stonliq tumani
2. Parkent tumani
3. Qibray tumani
4. Toshkent tumani
5. Chirchiq shahri
6. Yuqorichirchiq tumani
Bu hududlar uchun ko‘rik tanlov 11 fevral kuni Chirchiq shahridagi "Markaziy" jome masjidida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Zakovat ko‘chasi, 1-uy. Mo‘ljal: Akvapark.
3-hudud
1. Zangiota tumani
2. Oqqo‘rg‘on tumani
3. Quyichirchiq tumani
4. Chinoz tumani
5. O‘rtachirchiq tumani
6. Yangiyo‘l tumani
Bu hududlar uchun ko‘rik tanlov 12 fevral kuni Zangiota tumanidagi "Nurul Islom" jome masjidida o‘tkaziladi. Manzil: Qumariq mahallasi, Hamza ko‘chasi 20-uy. Mo‘ljal: "General Motors" motor zavodi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi