17:24 / 12.01.2018
4 912

Davlat sirini oshkor qilgan O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgda ushlandi

Davlat sirini oshkor qilgan O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgda ushlandi
Rossiyaning Sankt-Peterburg politsiyasi o‘z mamlakatida davlat sirini oshkor qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Qalampir.uz nashri.

Ammo, u Rossiyada politsiyachilar tomonidan boshqa sabab, ya’ni mamlakatda bo‘lish tartibini buzganlik uchun ushlangan va 21 dekabr kuni vaqtinchalik ushlab turish markaziga joylashtirilgan. Sud qaroriga ko‘ra, bu fuqaro jarima to‘laydi va O‘zbekistonga jo‘natiladi.

Huquqni muhofaza qilish organlari uning hayoti tafsilotlarini o‘tgan payshanba, 11 yanvar kuni aniqlashgan. Politsiyaning ma’lum qilishicha, bu huquqbuzar Toshkent viloyati IIB talabi bilan davlatlararo qidiruvga berilgan ekan. Toshkent viloyat IIB boshqarmasi ham bu to‘g‘rida xabardor qilingan. Hozirda bu shaxs hibsga olingan va mamlakatga olib chiqib ketilishini kutmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat sirini oshkor qilgan O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgda ushlandi