20:24 / 16.01.2018
9 217

Islom Karimovning shaxsiy fotoalbomdagi eksklyuziv suratlari

Islom Karimovning shaxsiy fotoalbomdagi eksklyuziv suratlari
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning shaxsiy shifokori, Toshkent tibbiyot akademiyasi anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi professori, Respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv markazi direktori Vyacheslav Avakovning Islom Karimov haqidagi xotiralarini e’tiboringingizga havola etgan edik.

Keyinroq, Islom Karimovning shaxsiy shifokori bilan tushgan, hali hech qayerda e’lon qilinmagan suratlarini ham taqdim etildi.

Vyacheslav Avakov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nafaqat shaxsiy shifokori, balki eng yaqin do‘stlaridan biri edi. Oilaviy bordi-keldi, samimiy muloqotlar chog‘ida tushilgan suratlar esa bugungacha shaxsiy fotoalbomdan joy olib, ommaga e’lon qilinmagandi.

Vyacheslav Avakov Islom Karimovning so‘nggi daqiqalarida yonida bo‘lganlardan biri sanaladi. Hatto, Islom Abdug‘aniyevichning tobi qochishidan avval bir dasturxon atrofida diydorlashishgan.

Vyacheslav Avakov O‘zAga eksklyuziv suratlarni taqdim etdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov, uning turmush o‘rtog‘i Tatyana Akbarovna Karimova hamda shifokor Vyacheslav Avakov tasvirlangan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Islom Karimovning shaxsiy fotoalbomdagi eksklyuziv suratlari