11:00 / 17.01.2018
5 892

«Paxtakor» stadionidan qimmatbaho sport krossovkalari o‘g‘irlandi

«Paxtakor» stadionidan qimmatbaho sport krossovkalari o‘g‘irlandi
Toshkent shahrida g‘aroyib o‘g‘rilik sodir etildi. Jinoyat ayni 19-20 yoshlardagi beshovlon tomonidan «eng gullagan yoshlik chog‘ida» sodir etilgani achinarli.

Toshkent shahar Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, «besh qahramon» o‘zaro jinoiy til biriktirib, «Paxtakor» stadioniga panjaralardan oshib o‘tib, hududga noqonuniy ravishda kirgan.

Bu yerdagi O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasiga tegishli har birining bahosi 90 AQSh dollari bo‘lgan, jami 3.300 AQSh dollariga teng 37 dona sport krossovkasini yashirin ravishda o‘g‘rilab, voqea joyidan yashiringan.

Ushbu holat yuzasidan «beshovlon»ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b», «v» va «g» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: www.xabar.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Paxtakor» stadionidan qimmatbaho sport krossovkalari o‘g‘irlandi