08:30 / 18.01.2018
12 409

“Angren-Lend” oshxonasi oshpazi rashk sabab hamkasbini pichoqlab qo‘ydi

“Angren-Lend” oshxonasi oshpazi rashk sabab hamkasbini pichoqlab qo‘ydi
Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasining “UzNews.uz”ga xabar berishicha, 2018 yilning 16 yanvar kuni soat 08:30 da Angren shahrida yashovchi 28 yoshli Madina rashk sababli hamkasbiga pichoq bilan hujum qilgan.

“Angren-Lend” oshxonasida ro‘y bergan bu voqea IIB xodimlari tomonidan o‘rganilganda, Madina oshxonada oshpazlik qilib kelgani aniqlangan.

Madina Yarasheva rashk oqibatida o‘zi bilan ishlovchi Asrorning qorniga, ushbu oshxonaning poliz ekinlarini saqlash xonasida osh pichog‘ini tiqib oladi.

Asror Egamberdiyevning uyali aloqa apparatini qo‘lga olgan Madina Yarasheva begona raqamdan qilingan qo‘ng‘iroq va kelgan SMS xabar egasi kim, sen kim bilan gaplashyapsan deya rashk qiladi hamda yuzaga kelgan o‘zaro tortishuv vaqtida kartoshka tozalash uchun qo‘liga olgan pichoqni unga tiqib oladi.

Bu holat, o‘zaro ishqiy munosabat natijasida ro‘y bergan kelishmovchilik deya aytilgan bo‘lsa-da, ikki hamkasbning ham oilali ekanligi va hattoki 33 yoshli Asrorning bir nafar farzandi borligi ham ta’kidlanmoqda.

Angren shahar markaziy kasalxonasining 16 yanvar kunidagi 13-sonli ma’lumotnomasida, Asror Egamberdiyevning tana, qorin qismida sanchib-kesilgan va ichki a’zolar shikastlanishi, ichki qon ketishi jarohatlar borligi qayd qilingan.

Toshkent viloyati Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan daliliy ashyo sifatida jigarrang yog‘och sopli 1 dona oshxona pichog‘i olingan bo‘lib hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat protsessual kodeks talabi va tergov siri bois yuqorida keltirilgan ism-shariflar o‘zgartirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Angren-Lend” oshxonasi oshpazi rashk sabab hamkasbini pichoqlab qo‘ydi