Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevga Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida avtobusning yonib ketishi oqibatida O‘zbekiston fuqarolarining fojiali ravishda halok bo‘lgani yuzasidan hamdardlik telegrammasini yo‘lladi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda
“Og‘ir qayg‘uga hamdardman, Qozog‘iston xalqi va o‘z nomimdan halok bo‘lganlarning oilasi va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman. Jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib, o‘z oilasiga qaytishini tilayman”, deyilgan telegrammada.
Bugun, 18 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 da Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Samara – Chimkent yo‘lida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi. Bu avtobusda 55 yo‘lovchi va ikki haydovchi bo‘lgan. Fojiada faqat 5 kishi tirik qolgan. Ommaviy axborot vositalarida halok bo‘lganlarning barchasi o‘zbekistonliklar ekani aytilmoqda. Hozircha marhumlarning shaxsi aniqlanmadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi