11:23 / 19.01.2018
7 535

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi

Шавкат Мирзиёев Сурхондарёга жўнаб кетди
Prezident so‘nggi bor 2017 yilning 10 fevral kuni Surxondaryoga tashrif buyurgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentimiz 2017 yil 10-11 fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ko‘plab istiqbolli loyihalar bilan tanishgan va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan zarur topshiriqlar bergan edi.

O‘tgan bir yilga yaqin vaqt mobaynida viloyatda qator sanoat loyihalari ishga tushirildi, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan ijtimoiy ob’ektlar foydalanishga topshirildi. Asosiysi, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi