14:59 / 19.01.2018
6 046

Prezidentning samimiyati — oddiyligida! U novvoy ayollarni ham ko‘zdan qochirmadi

Prezidentning samimiyati — oddiyligida! U novvoy ayollarni ham ko‘zdan qochirmadi
Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz tumanidagi "Inter Silk Pro" qo‘shma korxonasiga qarashli innovatsion pillaxona faoliyati bilan tanishib chiqayotib, pillaxona yonida non pishirayotgan novvoy ayollarni ham ko‘zdan qochirmadi. U ayollarning yoniga borib, ular bilan iliq suhbat qurdi, nonlaridan ta’tib ko‘rdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiyati uning oddiyligida, xalqning yonida ekanligida. Xalq bugun Prezidentiga har qachongidan ko‘proq suyanadi, o‘z dardini u bilan baham ko‘ra oladi.

Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning 10-11 fevral kunlari Surxondaryoga qilgan tashrifi davomida Angor tumanidagi Zang gilambob qishlog‘ida Shodi bobo va Salomat momo Xushboqovlar xonadonida mehmon bo‘lgan edi. Qiziq, Prezidentning bugungi tashrif bahonasida yana qaysi manzillarga yo‘li tusharkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezidentning samimiyati — oddiyligida! U novvoy ayollarni ham ko‘zdan qochirmadi