17:15 / 19.01.2018
14 288

Shavkat Mirziyoyev "Kovrak yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi"ni tuzish haqida topshiriq berdi

Шавкат Мирзиёев "Коврак етиштирувчилар ассоциацияси"ни тузиш ҳақида топшириқ берди
Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu tashrif davomida kovrak yetishtiruvchilar assotsiatsiyasini tuzish taklifini o‘rtaga tashladi.

Kovrak o‘simligi tomir tortishi, o‘pka sili, o‘lat, zaxm, ko‘k yo‘tal, tish og‘rig‘i, asab va boshqa kasalliklarni davolovchi, insonga quvvat beruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi dorivor o‘simlik. Xalq tabobatida keng qo‘llanib kelinadi.

Bu o‘simlik respublikamizning Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro hamda Qoraqalpog‘iston respublikasi hududlarida qumli cho‘llar, adirlar, tog‘lar va tog‘oldi yalangliqlarda, sof tuproqli yerlarda o‘sadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev "Kovrak yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi"ni tuzish haqida topshiriq berdi