17:44 / 19.01.2018
7 418

Aqto‘bedagi fojianing dastlabki sababi rasman e’lon qilindi

Aqto‘bedagi fojianing dastlabki sababi rasman e’lon qilindi
Avvalroq, Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi oqibatida 52 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati avtobusning yonib ketishining sababi haqidagi birinchi ma’lumotni berdi. Bu ma’lumotga ko‘ra, avtobus salonida benzinda ishlaydigan ochiq olov manbaining mavjud bo‘lgani yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Bu ma’lumotni haydovchilar va guvohlar o‘z ko‘rsatmalarida tasdiqlashgan.

Bu dastlabki taxminlardan biri. Hozirgi vaqtda voqea joyida ishchi guruh ishlamoqda, yakuniy xulosa berilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aqto‘bedagi fojianing dastlabki sababi rasman e’lon qilindi