22:33 / 19.01.2018
6 755

Ichki ishlar organi xodimi fuqarolarga qanday murojaat qilishi kerak?

Ichki ishlar organi xodimi fuqarolarga qanday murojaat qilishi kerak?
"Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi qonunning 8-moddasiga muvofiq, ichki ishlar organi xodimi fuqarolarga murojaat qilganida quyidagilarga rioya qilishi kerak:
  • o‘z lavozimi, unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismini aytishi, fuqaroning talabiga ko‘ra xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi, shundan so‘ng murojaat qilishining sababi va maqsadini ma’lum qilishi;
  • fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qo‘llanilgan taqdirda, bunday choralar qo‘llanilishining sababi hamda asoslarini, shuningdek fuqaroning shu munosabat bilan yuzaga keladigan huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirishi shart;
  • Ichki ishlar organi xodimi fuqaro unga murojaat qilgan taqdirda, o‘z lavozimi, unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismini aytishi, uni diqqat bilan eshitishi, o‘z vakolatlari doirasida tegishli choralar ko‘rishi yoxud qo‘yilgan masalani hal etish kimning vakolatiga kirishini tushuntirishi shart.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar organi xodimi fuqarolarga qanday murojaat qilishi kerak?