17:20 / 20.01.2018
5 682

Mirziyoyev: «Qozog‘istondagi fojia xalqimizga yetarli sharoit yaratib bermaganimizni isbotlab turibdi» (video)

Mirziyoyev: «Qozog‘istondagi fojia xalqimizga yetarli sharoit yaratib bermaganimizni isbotlab turibdi» (video)
Qozog‘istonda yonib ketgan avtobus fojiasi oqibatida O‘zbekiston fuqarolarining halok bo‘lishi ushbu yurtda aholining mehnat qilishi uchun yetarli sharoit yo‘qligini isbotlab turibdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi.

Xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasi ziyorati chog‘ida Oqto‘bada yurtdoshlarimiz vafot etganidan chuqur qayg‘uda ekanini aytib, ularning yaqinlariga ta’ziya bildirgan va marhumlar haqiga duo qilgan edi.

— Sodir bo‘lgan fojia ko‘p narsadan, shu jumladan, xalqimiz oldida hali qarzimiz ko‘pligidan dalolat berib turibdi. Odamlarga sharoit yaratib berolmaganimiz uchun aholi boshqa davlatlarga ish qidirib chiqishga majbur bo‘lmoqda, — dedi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 yanvar kuni Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi oqibatida 52 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev: «Qozog‘istondagi fojia xalqimizga yetarli sharoit yaratib bermaganimizni isbotlab turibdi» (video)