12:32 / 21.01.2018
8 814

Qo‘qonda ko‘cha “avtoriteti” ozodlikdan mahrum etildi

Qo‘qonda ko‘cha “avtoriteti” ozodlikdan mahrum etildi
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ko‘cha “avtoriteti” og‘ir jinoyatlari uchun uzoq muddatga qamaldi, deb yozadi 1news.uz sayti.

“Huquq” gazetasi xabariga ko‘ra, savdogar oilada voyaga yetgan yigit to‘qlikka sho‘xlik qilib, o‘zini “avtoritet” sifatida tan olishlari uchun “ko‘cha ko‘zir”lari bilan mushtlashib yurgan.

Shuningdek, xuddi xorijning jangovar filmlaridagi kabi qurol saqlab, yengil mashinada kezib, bar, restoranlarda vaqtichog‘lik qilishga odatlangan.

Ismi oshkor etilmagan yigit 16 kalibrli “IJK” rusumli miltiqda otishma sodir etib, bir kishini og‘ir yaralagan, yana bir vatandoshni pichoqlagan. Bir muddatda Toshkentda qochib yurgan. Zo‘ravonlik bilan tevarak-atrofdagilarga hukmini o‘tkazmoqchi bo‘lgan “avtoritet” qo‘lga olinib, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgani xabar qilingan.

Jinoiy ishga oid boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda ko‘cha “avtoriteti” ozodlikdan mahrum etildi