Tinib-tinchimas nukuslik tadbirkor-ixtirochi R.Qartbayev yana bir yangilik yaratishga qo‘l urdi, ya’ni kuzda to‘kilgan daraxt barglaridan ekologik uy barpo etmoqchi, deb xabar bermoqda O‘zA.
– Atrof-muhitimizning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri bu – kuzda daraxtlardan to‘kilgan barglar hisoblanadi. Ko‘pchilik ularni yoqib yuboradi yoki ular obodonlashtirish xizmati tomonidan shahar tashqarisiga chiqarib tashlanadi. Ikkala holatda ham tabiatga jiddiy zarar etishi hammaga ma’lum, – deydi R.Qartbayev. – Men ulardan ham foydalanish yo‘lini topdim. Ya’ni, ularni yig‘ib, ba’zi aralashmalarni qo‘shib uy qurishda foydalaniladigan bloklarni ishlab chiqara boshladim. Bunday uylar somondan ishlanadigan ekologik uylar kabi yozda salqin, qishda esa iliq bo‘ladi.
Yaqinda hokimlikdan shunday 10 uy qurish uchun yer maydoni so‘radim. Beradigan bo‘ldi. Endilikda qurilish ishlarini boshlamoqchiman. Bu uylar hozirgi uylardan bir necha barobar arzonga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi