15:27 / 23.01.2018
7 487

Arzon uylar soni oshadi, sifati esa yaxshilanadi...

Arzon uylar soni oshadi, sifati esa yaxshilanadi...
“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida aholini arzon va sifatli turar-joy bilan ta’minlashga alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Xususan shu kunga qadar ham jadal olib borib borilayotgan uy-joylar qurilishlari 2018 yil va keyingi yillarda ham davom ettiriladi.

Aholi, ayniqsa, yosh oilalarning arzon uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida 2018 yilda bunday uylarni qurish hajmi 1,5-2 barobar oshiriladi. Bu maqsadlar uchun 5 trillion 286 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Davlat dasturi kecha, 22 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan tasdiqlandi. Farmon va uning sharhi «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot» dasturida o‘qib eshittirildi.

Davlat dasturidan mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir yana boshqa muhim masalalar o‘rin olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Arzon uylar soni oshadi, sifati esa yaxshilanadi...