10:00 / 27.01.2018
20 640

Endi kollejda kimlar o‘qiydi?

Endi kollejda kimlar o‘qiydi?
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga 11-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonida keltirilmoqda, -deyiladi O‘zA xabarida.

Hujjatga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta ta’lim uzluksiz va bepul 11 yillik ta’lim negizida amalga oshiriladi.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosda, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan ta’lim muddatlarida amalga oshiriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi kollejda kimlar o‘qiydi?