18:04 / 28.01.2018
5 658

To‘rt yoshli qizchaning ibrati…

To‘rt yoshli qizchaning ibrati…
Avtobus tirband. Bo‘sh o‘rindiq yo‘q. To‘rt yoshlar chamasidagi qizchasi bilan arang ilinib olgan xomilador ayol, birov joy bo‘shatarmikin, degan umidda qo‘l telefonlariga termulib o‘tirgan yoshlarga qarab qo‘yardi. Ular parvoyi falak. Ko‘rsa ham ko‘rmaganga olib, joy berishmadi. Shu vaqt yoshi oltmishdan o‘tib qolgan ziyolinamo kishi o‘rnidan turib, iltifot qildi:

— O‘tiring, qizim! Uzr, e’tibor qilmabman.

Ayol rad qildi. Ammo u keskin bosh chayqab, ona-bolani o‘tirishga majbur qildi.

Ayol xijolat bo‘lsa ham, o‘tirdi. Ammo qizcha “o‘tirmayman” deb turib oldi. Boyagi odam cho‘ntagidan bir dona konfet olib uzatar ekan, “nimaga o‘tirmayapsan, ona qizim?” deb so‘radi.

— Ciz tuyganda men o‘tiyamanmi, amaki? Unaqa taybiya olmaganman. Kattalay tuyganda o‘tilib ketolmayman.

Uning javobi jaranglab chiqqani uchun hamma eshitdi. O‘rindiqlarga mixlanib qolgan yoshlar telefonlaridan boshini ko‘tarib, duv etib o‘rnilaridan qo‘zg‘alishdi.

Yashavor! Mittigina qizcha odobsizlarni zo‘r tarbiyalab qo‘ydi-ya. Ana bo‘larkan-u! O‘ziyam ellik foiz o‘rindiqlar bo‘shab qoldi.

Ammo bekorga xursand bo‘lgan ekanman. Eshik oldiga kelgan yoshlar qandaydir oliygoh bekatida tushish uchungina qo‘zg‘alishgan ekan. Ularning o‘rniga boshqalari chiqdi. Boyagi ziyoli odam va qizcha hamon tik, yangi chiqqanlar esa yaxshilab o‘rnashib, allaqachon telefonlarni chiqarib olishgandi.
Muazzam IBROHIMOVA

Manba: tasvir.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘rt yoshli qizchaning ibrati…