16:21 / 01.02.2018
5 413

Diqqat! Toshkent viloyatida foto va videoradarlar ishga tushirilmoqda

Diqqat! Toshkent viloyatida foto va videoradarlar ishga tushirilmoqda
Toshkent viloyati avtomobil yo‘llarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va videoradar texnika vositalari ishga tushadi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Toshkent viloyati xududidan o‘tgan M39 “Almata-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 806-871 kilometri oralig‘ida maxsus avtomatlashtirilgan fotoradarlar o‘rnatilib, joriy yilning 20 yanvar kunidan buyon sinov tariqasida foydalanilmoqda.

Ushbu tizim yo‘l harakati xavfsizligini zamonaviy texnologiyalar yordamida ta’minlash, yuqori harakat jadalligi sharoitida yo‘l harakatini nazorat qilish, ishtirokchilarning yo‘l-transport hodisalaridan himoyalanganlik darajasini oshirish, qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash, qayd etish hamda profilaktika qilish ishlari samaradorligini oshiradi, deyiladi Toshkent viloyati IIB tomonidan berilgan xabarda.

Yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchilarni aniklashga mo‘ljallangan, mazkur maxsus avtomatlashtirilgan fotoradarlar qisqa muddatda Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlarida bosqichma-bosqich o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

M39 “Almata-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘liga o‘rnatilgan fotoradarlar 2018 yilning fevral oyida ishga tushiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Diqqat! Toshkent viloyatida foto va videoradarlar ishga tushirilmoqda