22:00 / 01.02.2018
8 082

O‘zbekistonda Malibu’ni kimlar minadi?

O‘zbekistonda Malibu’ni kimlar minadi?
1 fevral kuni Xalqaro press-klubda Xitoyda o‘tgan 23 yoshgacha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati qahramonlari - bosh murabbiy Ravshan Haydarov, jamoa sardori Zabihillo O‘rinboyev, futbolchilar Rustam Ashurmatov, Javohir Siddiqov va Andrey Sidorov ishtirokida «O‘zbekiston futboli: yangi marra, vazifa va muammolarning real tahlili» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatining asosiy mavzusi O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo maydonlarida qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatli yurishi bo‘ldi. Davra suhbati davomida yutuqlar bilan birgalikda muammolar ham muhokama qilindi. Jurnalistlar o‘zbek futbolidagi muammoli holatlar, yechimini topishi kerak bo‘lgan masalalarda savollar berishdi.

Xalqaro press-klub rahbari Sherzodxon Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning futbol haqida gapirgan gaplarini yodga olib, davlat rahbarining millionlar o‘yiniga qarayotgan e’tiboriga alohida to‘xtaldi.

Sherzodxon Qudratxo‘jayev / Foto Xalqaro Press-klub

«Mana yosh futbolchilarning yutuqlari munosib baholanib, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ularning har biriga bittadan Chevrolet Malibu avtomobili sovg‘a qildi. Bizda Malibu’ni vazirlar xizmat mashinasi sifatida minadi. Bu prezidentimiz futbolchilarni vazirlarga tenglashtirdi deganidir. Bu katta ishonch va mas’uliyat», - deya gapirib o‘tdi Qudratxo‘jayev.

Qayd etish kerakki, Xalqaro press-klubning ushbu davra suhbati to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda uzatilib, onlayn tarzda taqdim etildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda Malibu’ni kimlar minadi?