O‘zbekistonda poraxo‘rlik va ta’magirlik borasida ichki ishlar va banklar tizimida ishlayotganlar yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi Sof.uz nashri «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tadqiqotlariga tayanib.
Aytilishicha, 12 ta hududiy nazorat va boshqaruv organlari ichida korrupsiya, poraxo‘rlik va ta’magirlik holatlari qayd etilishi borasida so‘rovda ishtirok etganlarning 25,7 va 21,4 foizi mos ravishda yuqoridagi ikki muassasani ko‘rsatgan.
So‘rovda qatnashganlarning fikricha, keyingi o‘rinlarda sudlar (19,6%) va prokuratura organlari turadi (19,5%).
Respondentlarning 13%i soliq organlarida, 11,5%i bojxona organlarida ta’magirlik tez-tez uchrashini bildirgan.
So‘rovda qatnashganlarning 5,7 foizi shahar va tuman hokimiyatlarida, 5,1 foizi litsenziyalash va sertifikatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi organlarda, 3,8 foizi mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatida, 2,4 foizi ekologik nazorat xizmatlarida poraxo‘rlik holatlari mavjudligini ko‘rsatgan.
Shu bilan birga, so‘rovda ishtirok etgan tadbirkor va fermerlarning 22,4 foizi shahar hokimiyatlari xizmatlari tomonidan korrupsiya holatiga duch kelmaganini bildirgan, 43,2 foizi esa buni kam uchraydigan holat deb baholagan.
«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining bildirishicha, so‘rovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 1100 nafar tadbirkor qatnashgan. Qatnashchilarning 80,1%i erkaklar, 19,9%ini ayollar tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring