23:50 / 04.02.2018
5 458

Shavkat Mirziyoyev shahar va shahar posyolkalarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev shahar va shahar posyolkalarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2018–2022 yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, 23 ta shahar va 994 ta shahar posyolkalarini bosh rejalar bilan ta’minlash talab etiladi.

Xususan, 2018 yilning o‘zida 8 ta shahar, 30 shahar posyolkalarining bosh rejalari ishlab chiqiladi.

Shuningdek, Qarorda ta’limning “qurilishda marketing”, “qurilishda menejment” kabi yangi talab etilgan yo‘nalishlari ochiladi.

Ushbu yo‘nalishlarda mutaxassislarining malakasini oshirish uchun tizimli asosda har yili yetakchi xorijiy oliy ta’lim va tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik dasturlari ishlab chiqiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev shahar va shahar posyolkalarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi