O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi rasmiylari o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish yuzasidan tegishli takliflar tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Ayni paytda o‘qituvchilar toifasini himoya qilish va yangi toifa berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi davlat inspeksiyasi tomonidan har besh yilda bir marta pullik asosda ma’lum sinovga ko‘ra amalga oshiriladi. Ammo oddiy mutaxassis va oliy toifali o‘qituvchiga to‘lanadigan haq orasidagi farq atigi 22 foizni tashkil etadi. Bu ham bir tomondan adolat mezonlariga to‘g‘ri kelmaydi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bildirilayotgan takliflar inobatga olinsa, maktablarda dars berayotgan oddiy mutaxassis bilan ikkinchi, birinchi, oliy toifali o‘qituvchiga to‘lanadigan haq orasida sezilarli darajada farq vujudga keladi. Yuqori malaka va ish stajiga ega pedagog maoshi keskin oshadi. Bunda direktor fondi hisobidan to‘lanadigan ustamalar umumlashtiriladi. Ya’ni, ustamani direktor belgilamaydi. Ana shunda tajribali, yaxshi o‘qituvchilarning obro‘-e’tibori, qadr-qimmati ham yuqori bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?