23:38 / 06.02.2018
38 533

Nahorda ichilgan bir piyola suvning foydasi...

Nahorda ichilgan bir piyola suvning foydasi...
Erta tongda uyqudan o‘yg‘onib nahorga suv ichish, Yaponiyada keng tarqalgan odat hisoblanadi. Har bir yaponiyalik bunday foydali odatni kanda qilmaslikka doim intiladi. Xo‘sh nima uchun?

Soha mutaxassislarining tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, erta tongda ichilgan suv, organizmda kechadigan barcha jarayonlarga ijobiy ta’sir qiladi. Suvni muntazam ravishda iste’mol qilish oshqozon-ichak tizimining ishini tartibga soladi, terining holatini yaxshilaydi va asab tizimining barqaror bo‘lishiga yordam beradi.

Hurmatli do‘stim, men bugun sizga dori-darmon, foydali yoki foydasiz davolash usullari haqida ma’ruza o‘qimoqchi emasman. Bizga butun hayotimiz davomida hamroh bo‘luvchi oddiy toza suvning, buning ustiga erta nahordagi bir piyola suvning foydasi haqidagina o‘z tajribalarimdan ikki og‘iz o‘rtoqlashmoqchiman xolos. Shuni unutmang-ki inson organizmining 78 foizi suvdan iborat va ushbu mutanosiblikni saqlab turish uchun kun davomida qancha suv ist’emol qilish zarurligini o‘zingiz yaxshi bilsangiz kerak deb o‘ylayman. Keling shunday bo‘lsada quydagi faktlarni yana bir marta esga olaylik.

Amerikalik olimlarning ta’kidlashicha, inson kun davomida bir yarim litr atrofida suv ichmog‘i zarur. Yaponiyalik olimlar esa inson organizmining me’yorda ishlashi uchun kun davomida uch litrdan kam bo‘lmagan suv ichish zarur deb hisoblaydilar.

Men professional tibbiyotchi bo‘lmasamda har bir inson sog‘ligi uchun avvalo o‘zi kurashmog‘i va uni o‘zi va yana o‘zi asramog‘i zarur deb hisoblayman. Siz ota va onangizning genlarini meros qilib olasiz, ammo siz faqatgina ularning xislatlari, odatlari, fazilatlari, f’el atvorlarining to‘plamini o‘zida mujassam etgan nusxa emassiz. Siz bundan-da ko‘proq narsalarga egasiz, ya’ni siz ularning va sizgacha yashab o‘tgan minglab ajdodlaringizning yangicha naslisiz. Demak har birimiz o‘zimizga xos va takrorlanmas namunamiz. Demak bizni qurshab turgan olamga nisbatan har birimizning faqat o‘zimizga xos munosabatimiz mavjud. Jumladan suvga insbatan ham har birimizda o‘zimizga xos nuqtai nazar shakllangan desam adashmayman.

Ushbu maqolani o‘qib chiqish barobarida, bir ozgina tin olib o‘z sog‘lig‘ingiz haqida yana bir marta o‘ylab ko‘rasiz va hayotning bizga berilgan yagona imkon ekanligi haqida bir oz mushohada qilasiz deb umid qilaman.

Ertalab nahorga ichilgan suv davolash usuli sifatida talqin etiladi. U bugungi kunda keng tarqalgan qandli diabet, ortiqcha semizlik, garmonal muvozanatning buzilishi, artrit, artimiya, migren, buyrak yetishmovchiligi kabi kasalliklardan saqlanishga ko‘mak beradi. Ushbu ro‘yxatni yana uzoq davom etirish mumkin, nega-ki barcha ichki a’zolarimizning holati, oshqozon-ichak tizimining to‘g‘ri ishlashiga bog‘liq. Oshqozon va ichak sog‘lom bo‘lsa boshqa xastaliklar orqaga chekinadi. Nahorda ichilgan bir piyola suv esa ichaklarni tozalashga yordam beradi, oshqozon va oshqozon osti bezining ishini me’yorlashtiradi.

vodaBir piyola iliq suvni uyqudan o‘yg‘onish bilan ichish zarur. Shundan so‘ng ertalabki hojatni bajaring va yana bir piyola suvni ichib nonushtaga o‘tirishingiz mumkin. Oshqozon yuvildi va suv ichaklarga borib yetdi va siz butun kun davomida bardamlikni saqlab qolasiz. Kun davomida ovqatdan oldin ikki piyola suv ichish nihoyatda foydali, buni ovqatdan taxminan 30 minut oldin bajarilsa yanada yaxshiroq bo‘ladi. Ovqatdan oldin choy va qahva ham tavsiya qilinadi, bu yog‘i endi o‘zingizga havola.

Shunday bo‘lsada, kunning qaysi paytida ichilgan suv qaysi a’zolarimizning me’yoriy faoliyatiga yordam berishi borasidagi ba’zi maslahatlarini eslatib o‘tmoqchiman. Chunki ichimlik suvi aynan belgilangan vaqtlardagina inson tanasining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
  • uyqudan o‘yg‘onishingiz bilan ichilgan ikki piyola suv, ichki a’zolaringizning faollashishiga yordam beradi;
  • ovqatdan 30 minut oldin ichilgan bir piyola suv ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi;
  • vanna qabul qilishdan oldin ichilgan bir piyola suv arterial bosimni pasaytirishga yordam beradi;
  • uyqudan oldin ichilgan bir piyola suv insult yoki yurak xurujidan saqlanishga yordam beradi.

Albatta har birimiz avvalo, har kuni suvning kunlik me’yorini ichishimiz zarur va siz uni erta turib boshlasangiz, bu faqat tanangiz uchun foyda.

Manba: usm.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nahorda ichilgan bir piyola suvning foydasi...