08:30 / 07.02.2018
7 372

O‘qishga kiritmoqchi bo‘lib 8000 dollar pul olgan murabbiylar qo‘lga olindi

O‘qishga kiritmoqchi bo‘lib 8000 dollar pul olgan murabbiylar qo‘lga olindi
Buxoro shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan Akbar Norqulov hamda Qorako‘l tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan Og‘abek Choriyev Buxoro viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilishdi.

Ular arizada Buxoro shahridagi Olimpiya zahiralari kollejining murabbiylari, “Sobir” hamda “G‘olib” ismli shaxslar O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutiga o‘zlarining tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berib, ularning har biridan 4000 AQSh dollaridan jami 8000 AQSh dollari miqdorida pul talab qilganligini, shu sababli ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘raganlar.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK Departamenti xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-tadbirlar davomida, 1988 yilda Navoiy viloyati Uchquduq shahrida tug‘ilgan, Buxoro shahar, A.Jomiy ko‘chasi 5-uy, 25-xonada yashovchi, Buxoro Olimpiya zaxiralari kolleji murabbiysi Tashev Sabir Suleymanovich hamda 1977 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan, Buxoro shahar Sabingaron qishlog‘i, 1-uyda yashovchi, Buxoro Olimpiya zaxiralari kolleji murabbiysi Kazakov G‘olib G‘afurovichlar O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar O.Choriyev va A.Norqulovlarning har biridan 4000 AQSh dollaridan jami 8000 AQSh dollarini olayotgan vaqtlarida jinoyat ustida qo‘lga olindilar.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB Tergov Boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘qishga kiritmoqchi bo‘lib 8000 dollar pul olgan murabbiylar qo‘lga olindi