10:50 / 07.02.2018
5 318

5 kunlik chaqalog‘ini 4,6 million so‘mga baholagan «ona»ning kirdikori fosh bo‘ldi

5 kunlik chaqalog‘ini 4,6 million so‘mga baholagan «ona»ning kirdikori fosh bo‘ldi
Navoiy viloyati bojxonachilari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda odam savdosi bilan bog‘liq yana bir qonunbuzarlik holatiga chek qo‘yishdi.

Fuqaro Bozorov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zining jinoiy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqaro Sotvoldiyeva bilan jinoiy til biriktirib, uning 5 kunlik farzandini notanish shaxsga 4 600 000 so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandidaga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 5 kunlik chaqalog‘ini 4,6 million so‘mga baholagan «ona»ning kirdikori fosh bo‘ldi