23:41 / 07.02.2018
7 249

Shavkat Mirziyoyev: «Hech nima bermayapmiz-da, yaxshi oila bo‘lishini kutib o‘tiribmiz» (video)

Shavkat Mirziyoyev: «Hech nima bermayapmiz-da, yaxshi oila bo‘lishini kutib o‘tiribmiz» (video)
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 7 fevral kuni xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur yig‘ilishda Prezident xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, haq-huquqlari va tarbiyasiga alohida to‘xtaldi. Oxirgi yillarda ayollar o‘rtasidagi jinoyatchilik ko‘payganini alohida ta’kidladi.

— Oilaga alohida e’tibor beraylik. Ayniqsa, qiz bola tarbiyasiga. Biz avval berib, keyin kutishimiz kerak. Hech nima bermayapmiz-da, yaxshi oila bo‘lishini kutib o‘tiribmiz. Yaxshi oila bo‘lmaydi, buning uchun kurashish lozim. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda boshqacha, Andijon va Farg‘onada boshqacha tarbiya berishadi qiz bolaga. Hatto Farg‘ona va Qo‘qonda bu farqlanadi. Biz ham tarbiyani maktabdan boshlashimiz kerak, keyin o‘rta maxsus va oliy ta’limga o‘tamiz, — dedi davlat rahbari.

Quyidagi videolavha orqali batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Hech nima bermayapmiz-da, yaxshi oila bo‘lishini kutib o‘tiribmiz» (video)