12:10 / 09.02.2018
6 340

Farg‘onada uch tuman hokimi vazifasidan ozod etildi

Farg‘onada uch tuman hokimi vazifasidan ozod etildi
Kecha, 8 fevral kuni Farg‘ona viloyati xalq deputatlari Rishton, Buvayda va So‘x tuman Kengashlarining navbatdan tashqari sesseyalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga tayanib Qalampir nashri xabar bermoqda.

Unda viloyat hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G‘aniyev ham ishtirok etdi.

Shuhrat G‘aniyev bu uch tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy, xizmat ko‘rsatish va sanoat sohalaridagi kamchilik va yutuqlarni qayd etib o‘tdi.

Viloyat hokimi Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashida tuman hokimi G‘ayrat Mamadaliyevni tumandagi tabiiy gaz, ichimlik suvi va sog‘liqni saqlash sohalarida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun o‘z vazifasidan ozod etdi.

Kengashda G‘ayrat Mamadaliyev o‘rniga shu kunga qadar So‘x tumani hokimi bo‘lib ishlagan Tavakkaljon Rahimov tayinlandi.

Shundan keyin viloyat hokimi Xalq deputatlarining Buvayda tuman Kengashida so‘zga chiqib tumandagi elektr ta’minoti, ichimlik suvi va fermer xo‘jaliklari faoliyatidagi yutuqlarni e’tirof etdi.

Kengashda tuman hokimi Alibek Tursunov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi va ayni paytda Bag‘dod tumani hokimi birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Behzod Ibragimov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Shuhrat G‘aniyev o‘sha kuni Xalq deputatlari So‘x tuman Kengashida ishtirok etdi va tumandagi sanoat korxonalarining eksport imkoniyatlarini yuqori boholadi. Shuningdek, u tumandagi xizmat ko‘rsatish va tijorat banklari faoliyatini ijobiy deb qayd etdi.

Sessiyada Tavakkal Rahimov boshqa ishga o‘tganligi sababli vazifasidan ozod etildi va tuman hokimligiga Farruh O‘sarov bir ovozdan tasdiqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada uch tuman hokimi vazifasidan ozod etildi