22:35 / 09.02.2018
13 424

Ovsinlar jangi: Parkentda er talashgan xotinlar murosaga kelishmadi

Ovsinlar jangi: Parkentda er talashgan xotinlar murosaga kelishmadi
Ko‘pchilik davlat idoralarida ish vaqtini 9:00 da boshlasa, 13 yanvar kuni parkentlik uch farzandning onasi S.Q.ning uyida bu vaqtda ayollar jangi boshlanadi. S.Q, ovsini, besh nafar farzandning onasi G.S. bilan o‘zaro janjallashib qoladi. Bu urush oxiri ayollar bir-biriga tan jarohati yetkazishi bilan yakunlanadi.

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, G.S.ga sog‘lig‘ining buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil tan jarohati yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Parkent tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Parkent tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘ining ma’lum qilishicha, ovsinlar o‘rtasidagi kelishmovchilik jabrlanuvchi G.S.ning ovsini S.Q.ning turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan suhbatlashgani, bundan xabar topgan S.Q. turmush o‘rtog‘ini ovsinidan rashk qilishi natijasida kelib chiqqan ekan.

Tuman mahalla fuqarolar yig‘inida ovsinlarni yarashtirib qo‘yish choralari ko‘rilganiga qaramasdan, ular murosaga kelishmadi. Endilikda S.Q. o‘zining xatti-harakatlari uchun qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ovsinlar jangi: Parkentda er talashgan xotinlar murosaga kelishmadi