14:39 / 10.02.2018
6 441

20 kunlik chaqalog‘ini 10 ming dollarga sotayotgan ona qo‘lga olindi

20 kunlik chaqalog‘ini 10 ming dollarga sotayotgan ona qo‘lga olindi
To‘rt nafar farzandning onasi, joriy yilning 20 yanvar kuni tug‘ilgan qizini sotayotgan paytda IIV xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi va Toshkent viloyati IIB xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan.

Ushbu tadbirda davomida, Farg‘ona viloyati Rishton tumanida yashovchi S.R. o‘zining 20.01.2018 yilda tug‘ilgan qizini, Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida yashovchi, U.X. va Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida yashovchi, N.S. oldindan jinoiy til biriktirib, 10.000 (o‘n ming) AQSh dollari miqdoridagi pulga sotayotgan vaqtida aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan fuqarolar S.R., U.X. va N.S.larga nisbatan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 20 kunlik chaqalog‘ini 10 ming dollarga sotayotgan ona qo‘lga olindi