16:20 / 13.02.2018
6 068

Dahshatli voqea!!! Farg‘onada bir tadbirkor o‘g‘irlab ketilib, kaltaklanib, yoqib yuborildi...

Dahshatli voqea!!! Farg‘onada bir tadbirkor o‘g‘irlab ketilib, kaltaklanib, yoqib yuborildi...
2018 yilning 4 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida yashovchi, T.Mamadaliyev IIBga murojaat qilib, 3 fevral kuni soat taxminan 16.30 da birga yashagan o‘g‘li, xususiy tadbirkor, 1977 yilda tug‘ilgan R.Mamadaliyev Rishton tumanida joylashgan “Bo‘ston mazzali taomlari” nomli choyxonada o‘rtoqlari bilan o‘tirgan vaqtida noma’lum shaxs tomonidan chaqirib olingani, so‘ng o‘rtoqlarining oldiga qaytib kirmasdan hamda yashash uyiga kelmasdan bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 3 fevral kuni soat taxminan 11.00 da Bog‘dod tumani Mirzaobod MFY yashovchilar 1987 yilda tug‘ilgan U.Rahimov, 1993 yilda tug‘ilgan Sh.Mirolimov, 1981 yilda tug‘ilgan S.G‘ulomqodirovlar mast holda bo‘lgan tanishlari, Mirzaobod MFY yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan J.Turg‘unov va Konizar MFY yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan D.Xasanovlar bilan birga R.Mamadaliyevni Rishton tumanidagi “Bo‘ston mazzali taomlari” nomli choyxonadan ko‘chaga chaqirtirib S.G‘ulomqodirov boshqaruvidagi “Lasetti”, rusumli avtomashinaga o‘tkazib uni “Mirzaobod tutzori” fermer xo‘jaligi dala maydoniga olib borib, R.Mamadaliyevni qasddan o‘ldirish maqsadida bir necha marotaba urib hushsiz holatga keltirib, sodir etgan jinoyatlarini yashirish maqsadida, R.Mamadaliyevning ustiga o‘zlari bilan olib kelgan benzin yoqilg‘isini sepib yoqib yuborganliklari ma’lum bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, U.Rahimov, Sh.Mirolimov, S.G‘ulomqodirov, J.Turg‘unov va D.Hasanovlar qo‘lga olinganlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dahshatli voqea!!! Farg‘onada bir tadbirkor o‘g‘irlab ketilib, kaltaklanib, yoqib yuborildi...